Olmos entomologiya qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Olmos entomologiya qoʻriqxonasi — zararli hasharotlarni oʻrganish, foydali hasharotlarni muhofaza qilish va koʻpaytirish, ularning q.h.dagi ahamiyatini aniqlash maqsadida tashkil etilgan qoʻriqxo-na. Namangan viloyati Chust tumani Olmos qishlogʻi yaqinida joylashgan. Maydoni 96 ga. 1990 yilda Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish instituti va entomolog olim S. N. Alimuhamedov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Fargʻona vodiysida, umuman, Oʻrta Osiyodagi kabi, 1970 yillarga qadar q.h. ekinlari zararkunandalariga qarshi kimyoviy vositalar qoʻllanilishi natijasida buzilgan atrof muhit ekologiyasini, tabiatdagi biologik muvozanatni tiklash, foydali hasharotlarni koʻpaytirish vazifalarini bajaradi. Qoʻriqxona faoliyati oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan biologik himoya qilish usulini ishlab chiqish va joriy etish, foydali hasharotlarni saqlash va koʻpaytirish bilan biofabrikalarda ishlab chiqarilayotgan foydali hasha-rotlar samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Qoʻrikxonalarda zararli xasharotlarni, shuningdek, ular bilan oziqlanadigan 10 dan ortiq foydali xasharotlarni toʻplash va koʻpaytirish, kuzda ekinzorlardan foydali hasharotlarning qishlash uchun qoʻriqxonaga oʻtishi, qishdan chiqqach, ularning butun Fargʻona vodiysiga tarqalishi uchun sharoitlar yaratilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil