Kontent qismiga oʻtish

Oliy odam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fridrix Nitsshe, 1885-yil

Oliy odam (nemischa: Übermensch, nemischa talaffuzi: [ˈʔyːbɐmɛnʃ]) – Fridrix Nitsshening „Zardoʻsht tavallosi“ asarida[1] oʻz irodasi va kuch-qudrati bilan zamonaviy odamdan xuddi inson maymundan oʻzib ketganidek oʻzib ketishi tasvirlangan obraz. Oliy odam, Nitsshe gipotezasiga koʻra, odam turi tarixidagi qonuniy bosqich boʻlib, hayotning vital affektlarni oʻzida namoyon qiladigan mavjudotdir. Oliy odam radikal egotsentrik boʻlib, hayotning eng ekstremal koʻrinishlarida qabul qiladi va uning qudratli irodasi tarixiy rivojlanish vektorini belgilaydi.

Oliy odamning antipodi sifatida Nitsshe hayotdan charchagan, xavfdan qochadigan va faqatgina qulaylik va xavfsizlik izlaydigan oxirgi odamni koʻradi. Oxirgi odamlar jamiyatida hukmdor va tobeʼlar, kuchli va zaiflar, eng zoʻrlar va oddiylar oʻrtasida farq yoʻqolgan. Ijtimoiy nizolar va muammolar minimal darajada. Har bir odam bir xil hayot kechiradi va „yuzaki“ garmoniyada yashaydi.

Yerga topinish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nitsshe Oliy odam tushunchasini nasroniylikning narigi dunyo tushunchasiga qarshi qoʻyadi: Zardoʻsht yerdagi hayotga maʼno berish uchun Oliy odamning irodasini eʼlon qiladi va oʻz tinglovchilarini yerdan chetlatish uchun ulugʻvorlik vaʼda qilayotganlarni eʼtiborsiz qoldirishga chaqiradi[2][3]. Zardoʻsht yana nasroniycha bu dunyodan chiqish yerdagi tandan ajratilgan abadiy jonni yaratilishini talab qilganligini taʼkidlaydi. Bu tanani rad etish va uni oʻldirishga, yoki asketizmga olib keldi. Zardoʻsht Oliy odamni tana bilan bogʻlaydi va ruhni tanaga tegishli bir aspekt deb interpretatsiya qiladi[4].

Xudoning oʻlimi va yangi qadriyatlarni yaratish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zardoʻsht Oliy odamni Xudoning oʻlimi bilan bogʻlaydi. Xudo konsepsiyasi eng yuqori darajadagi olamdan tashqari qadriyatlarni va ularni asosidagi instinktlarni ifoda etgan boʻlsada, Xudoga boʻlgan ishonch muayyan vaqtda hayotga maʼno bergan. Xudoning oʻlimi endi Xudo gʻoyasi qadriyatlarni taʼminlay olmasligini anglatadi. Nisshe bu muhim paradigmani oʻzgartirishni qadriyatlarni qayta baholash deb ataydi[5].

Platonik idealizm yoki asketizmning qayta paydo boʻlishidan qochish uchun yangi qadriyatlarni yaratish eski qadriyatlarni yaratgan instinktlar bilan ruhlanmasligi kerak. Bundan tashqari ular bu dunyo va hayotga boʻlgan muhabbat bilan sugʻorilishi kerak. Nitsshe nasroniy qadriyatlar tizimini hayotga qarshi shuning uchun ham maʼlum bir maʼnoda vayron qiluvchi reaksiya sifatida baholagan boʻlsa, Oliy odam masʼul boʻlgan yangi qadriyatlar hayotni tasdiqlovchi va yaratuvchi boʻladi. Bu yangi qadriyatlar toʻplamini amalga oshirib, Oliy odam barcha inson toʻsiqlarini yengib, mukammalga aylanadi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Фридрих Ницше. „Gutenberg, THUS SPAKE ZARATHUSTRA“ (en). Project Gutenberg (декабрь 1999). — „"When Zarathustra was thirty years old, he left his home and the lake of his home, and went into the mountains. -- Liest thou not in a sky-blue lake of happiness? — Ye wags, answered Zarathustra, and smiled, how well did ye choose the simile! -- What is great in man is that he is a bridge and not a goal. What is lovable in man is that he is an OVER-GOING and a DOWN-GOING. -"“.
  2. Yuliy Antonovskiy (2012), 44-bet – Perevod prologa Zaratustri: „Ya lyublyu tex, kto ne iщet za zvezdami osnovaniya, chtobi pogibnut i sdelatsya jertvoyu, – a prinosit sebya v jertvu zemle, chtobi zemlya nekogda stala zemleyu Sverxcheloveka“.
  3. Fridrix Nitsshe (1885) – 4-bet, ilk nashr – „Ich liebe die, welche nicht erst hinter den Sternen einen Grund suchen, unterzugehen und Opfer zu sein: sondern die sich der Erde opfern, dass die Erde einst des Übermenschen werde“.
  4. Nietzsche, Friedrich (2003). Thus Spoke Zarathustra. London, Penguin Books. 61-bet, ISBN 978-0-140-44118-5.
  5. 5,0 5,1 Loeb, Paul. ʼʼFinding the Übermensch in Nietzscheʼs Genealogy of Moralityʼʼ, ʼʼJournal of Nietzsche Studiesʼʼ. ʼʼʼ42-4ʼʼʼ: 77 – EBSCO Host orqali.