Olivye de serr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olivye de serr — qishki nok navi. Vatani — Fransiya. Oʻzbekistonda 19-asr oxiridan ekila boshlangan. Daraxti oʻrtacha kattalikda. Hosil shoxlari koʻp, barglari oʻrtacha va mayda, oʻzidan changlanadi. Mevasining oʻrtacha vazni 150—160 g , baʼzan 500—600 g va undan ortiq. Tarkibida 13,68% qand, 23,3% quruq modda, 0,31% kislota bor. Behi payvandtagga ulangan koʻchati 3—4 yilda, yovvoyi nokka payvand qilin-gani 4—5 yilda hosilga kiradi. 8—10 yoshida tupi oʻrtacha 20–40 kg , 25—30 yoshida 110–120 kg hosil beradi. Hosili sentabr-okt. oylarida teriladi, fevral oylarigacha saklanadi. Oʻzbekistonda qishki noklarning eng shirini hisoblanadi. 1959 yildan respublikaning barcha viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil