Olivia Cooke

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olivia Cooke

Olivia Kate Cooke (talaffuzi: Olivia Keyt Kuk) — 1993-yil 27-dekabrda Angliyada tugʻilgan[1]. U A&E telekanalidagi „Bates Motel“ (2013—2017) teleserialidagi Emma Dekodi roli bilan mashhur[2][3]. Shuningdek, „Golem“ (2016) va „Ready player One“ (2018) filmlari va "House of the Dragon" (2022) serialidagi rollari bilan ham tanilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olivia Cooke 1993-yil 27-dekabrda Angliyaning Oldxem shahrida tugʻilgan. Uning Eleanor ismli singlisi bor[4]. Kichkinaligida ota-onasi ajrashganidan soʻng, u singlisi bilan birga onasi bilan qolgan[5]. Yoshligidanoq u balet va gimnastikani oʻrgangan.

„Bates Motel“ (2013—2017) teleserialini suratga olishda ishtirok etishdan oldin aktrisa Britaniyaning „Unplugged“ serialida bosh roldan birini oʻynagan[6]. Undan keyin qoʻrqinchli filmlarda ham oʻzini sinab korgan. Jumladan: „Experiment: Evil“ (2014), „Weegee: Satanʼs Council“ (2014) va „Golem“ (2016).

2018-yilning 29-martida rejissyor Stiven Spilberg tomonidan yaratilgan „Ready Player One“ (2018) ilmiy-fantastik sarguzasht filmida rol ijro etdi[7]. Ushbu film Ernest Klaynning shu nomdagi romaniga moslashtirilgan edi. Unda asosiy rollardan birini Olivia Cooke ijro etgan. 2012-yil „The Quiet Ones“ filmida rol ijro etdi. Olivia Cookening Brenton Tueyts va Lorens Fishbern ishtirokidagi ikkinchi badiiy filmi „ The Signal“ 2014-yilda „Sundance“ kinofestivalida ochilgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktrisa New Yorkda yashaydi[8]. 2014-yilda Olivia Cooke „Bulgari“ uchun reklamada qatnashish orqali „Save the Children“ kampaniyasini qoʻllab-quvvatladi[9].

Ilgari aktyor Alex Row bilan uchrashgan[10][11]. 2015-yildan beri u aktyor Christopher Abbott bilan uchrashmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Person Details for Olivia Kate Cooke, "England and Wales Birth Registration Index, 1837–2008"“ (inglizcha). FamilySearch. 10-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2015-yil.
  2. O'Hare, Kate „«Bates Motel» Olivia Cooke: «I’m Not Sexy, So I’ll Go For Emma»“ (inglizcha). Zap2It (8-aprel 2013-yil). 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2013-yil.
  3. Radish, Christina „Nicola Peltz & Olivia Cooke Talk «Bates Motel», Their Characters, Their Familiarity With «Psycho», & More“ (inglizcha). Collider.com. 2-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2013-yil.
  4. „Secret’s out: Olivia a rising star in UK and US“ (inglizcha). oldham-chronicle.co.uk (21-noyabr 2012-yil). 2014-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  5. LINDA BARNARD. „Three questions for Thomas Mann, RJ Cyler, Olivia Cooke, stars of Me and Earl and the Dying Girl“ (inglizcha). www.thestar.com (8-iyun 2015-yil). 25-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2016-yil.
  6. Jeffery, Morgan „«Psycho» TV Prequel «Bates Motel» Adds «Blackout» Star Olivia Cooke“ (inglizcha). Digital Spy (20-sentabr 2012-yil). 29-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2013-yil.
  7. Chitwood, Adam „Steven Spielberg's 'Ready Player One' Flees 'Star Wars', Sets New 2018 Release Date“ (inglizcha). Collider. Complex Media, Inc. (9-fevral 2016-yil). 28-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  8. Jane Mulkerrins. „Olivia Cooke: 'Mysterious and quirky characters are more alluring'“ (inglizcha). telegraph.co.uk (22-avgust 2015-yil). 15-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2016-yil.
  9. „Bulgari - Save The Children Campaign Launch“ (inglizcha). Olivia Cooke Central (22-aprel 2014-yil). 25-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2014-yil.
  10. CAROLYN HIBLEN. „Olivia Cooke shows off her toned physique (and sexy arm candy) while a covered-up Alessandra Ambrosio goes incognito at the Arctic Monkeys' LA gig“ (inglizcha). dailymail.co.uk (8-avgust 2014-yil). 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2016-yil.
  11. Amy Lombard. „The New York Times Helen Mirren, Robert De Niro and More at the Gotham Independent Film Awards“ (inglizcha). The New York Times.