Oligofrenopedagogika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oligofrenopedagogika (Oligofreniya va pedagogika) — aqli zaif bolalarni oʻqitish, tarbiyalash, korreksiyalash (tuzatish), ijtimoiy xayotga jalb etish masalalarini oʻrganuvchi defektologiya tarmogʻi. O.ning asosiy vazifasi akli zaif bolalarning rivojlanishida korreksion tarbiyaning mohiyatini ochib berish, ulardagi nuqsonning rivojlanishini va nuqsonning oʻzini bartaraf etish yoʻllarini, maxsus maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida akli zaif bolalar uchun maxsus taʼlimtarbiya va korreksion rivojlantiruvchi ish va metodlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat. O. umumiy va maxsus ped., psixologiya, anatomiya, fiziologiya, genetika, nevropatologiya, pediatriya, oligofreniya klinikasi yutuklariga asoslanadi. 19-asr boshlarida tibbiyot va ped.ning rivojlanishi tufayli muayyan yoʻnalish si-fatida vujudga keldi. Oʻsha asrning oʻrtalarida fransuz vrachi va pedagogi E.Segen (1812—80) aqli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasini ishlab chikdi. Ayniqsa, uning "Akliy normal boʻlmagan bolalar tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi" asari (1846) O.da katta yutuq boʻldi. Chet ellarda O.ning shakllanishi J.Demor va O. Dekroli (Belgiya), B.Mennel va A.Fuks (Germaniya), A.Bine, J. Filipi va I.Bonkur (Fransiya), V.M.Bexterev, P.F.Lesgaft, L.S. Vigotskiy (Rossiya) va boshqa nomi bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda S.T.Aytmetova, K. K.Mamedov, P. M.Poʻlatova, M.I.Soa-tovalar tomonidan O. boʻyicha oʻquv qoʻllanmasi tayyorlanib nashr etilgan. Oʻzbekistonda akli zaif bolalarni tarbiyalash va oʻqitish maxsus yordamchi maktablaraa amalga oshiriladi. O.da bola his-tuygʻusini boyitishga, nutq-ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, taʼlimtarbiyaviy jarayonda koʻrgazmali qurollar va boshqa metodlardan keng foydalaniladi. Akli zaif bolalarni psixologik-pedagogik oʻrganish asosida har bir bolaga individual yondashiladi. Oʻzbekistonda oligofreno-pedagoglarni Toshkent ped. universiteti va ped. institutlarining defektologiya fakultetlari tayyorlaydi. O.ga oid ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy tadqiqot institutida, Toshkent ped. universiteti va ayrim ped. intlarining defektologiya kafedralarida olib boriladi.

Lola Moʻminova.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil