Olga Tass

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olga Tass
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Vengriya bayrogʻi Vengriya
Tavallud sanasi 1929-yil, 29-mart
Pech, Vengriya qirolligi
Vafot sanasi 2020-yil, 10-iyul
Budapesht, Vengriya
Boʻyi 160 sm
Sport
Qaysi sport Gimnastika

Olga Tass (turmushga chiqqanidan keyingi familiyasi Lemhényi; 29-mart 1929-yil — 10-iyul 2020-yil)[1] — Vengriyalik badiiy gimnastikachi. 1948, 1952, 1956 va 1960-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Olga Tass Pech shahrida tugʻilgan.

Sportchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tass 1941-yilda faoliyatini boshlagan. Lekin Ikkinchi jahon urushi tugaganiga qadar xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olmagan. 1948-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan va jamoaviy musobaqada kumush medalga sazovor boʻlgan. 1952-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Tass Vengriya jamoasi bilan kumush va bronza medalni qoʻlga kiritgan. Uchinchi Olimpiada oʻyinlarida jamoa portable apparatus nomli musobaqada (faqat ikkita Olimpiada oʻyinlarining badiiy gimnastika sport turidagi bahslarda shunday turdagi musobaqalar oʻtkazilgan. Keyin dasturdan chiqarib tashlangan) oltin medal, jamoaviy finalda kumush va gimnastika otidagi individual dasturda bronza medalni qoʻlga kiritgan. 1960-yilda faoliyati davomidagi toʻrtinchi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan. Tassning mazkur (ayollarning olimpiya oʻyinlaridagi eng koʻp ishtiroki boʻyicha) rekordi 2008-yilgacha saqlanib kelgan.

Olga Tass 1958-yilgi jahon, 1957 va 1959-yilgi Yevropa chempionatlarida ham ishtirok etgan. Ammo bu musobaqalarda sovrindorlar safiga kira olmagan[2].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tass Jismoniy tarbiya universitetida oʻqigan. 1951-yilda oʻqituvchilik qilgan. 1978-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab Újpesti TE nomli sport jamiyatida faoliyat yuritgan. 1961-yildan 1968-yilgacha Fransiya milliy terma jamoasiga murabbiylik qilgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tass vengriyalik suv polochi Dezső Lemhényi (1917-2003) bilan turmush qurgan. Dezső Lemhényi 1948 va 1952-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. Olga Tass 2020-yilning 10-iyul kuni 91 yoshida vafot etgan. Farkasréti qabristoniga dafn etilgan.

2021-yilda Olga Tass nomi Xalqaro gimnastika shon-shuhrat zaliga kiritilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Gyász: elhunyt az olimpiai bajnok Tass Olga“ (hu). nemzetisport.hu. 2020-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-avgust.
  2. „Olga Tass-Lemhényi“. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  3. „Olga Tass – Hall of Fame“. IGHoF.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vikiomborda Olga Tass mavzusiga oid fayllar bor