Olga Markova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olga Markova
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Olga Markova
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Leningrad
Oldingi murabbiylari Yelena Buyanova
Jamoasi CSKA
Yakunlagan 1998

Olga Dmitriyevna Markova (ruscha: Ольга Дмитриевна Маркова; 1974-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — yakka holda musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi, hozirda murabbiy, xoreograf va texnik mutaxassis boʻlib faoliyat yuritadi. Olga Yevropa chempionatining ikki karra medal sohibasi (1994-yilda bronza va 1995-yilda kumush) va 1994-yilda Rossiyada oʻtkazilgan milliy chempionatning gʻolibi boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markova oʻzining xoreografiyasi bilan hakamlar eʼtiborini tortgan. Uning figurali uchish boʻyicha jahon chempionatidagi eng yuqori koʻrsatkichi 1995-yilda beshinchi oʻrinni egallaganida sodir boʻlgan. Oʻsha yili u oltin va kumush medal sohiblari Lu Chen va Surya Bonalini ortda qoldirib, qisqa dastur namoyishidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. Ammo, erkin dasturdagi kamchiliklari tufayli pastki oʻrinlarga tushib ketgan.

Markova jarohat olganidan soʻng ham 1995—1996-yilgi mavsum musobaqalarida qatnasha boshladi. Milliy terma jamoaga kiritilgan Markova, Rossiya chempionatida qatnashib 3-oʻrinni egalladi, ammo Yevropa chempionatida atigi 11-oʻrindan joy oldi. Olga 1996—1997-yilgi mavsumda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida Irina Slutskayani magʻlub etib, 2-oʻrinni egallaganiga qaramay, xalqaro musobaqalarda yahshi natijalarga erisha olmadi. Olga 1997-yil dekabr oyida oʻtkazilgan Rossiya chempionatida 9-oʻrindan joy olganidan soʻng, terma jamoaga kiritilmadi va professional sportchi faoliyatini boshladi.

Markova 1998-yilda professional faoliyatini boshladi va Ispaniyaning Yaka shahrida boʻlib oʻtgan professional figurali uchish boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Markova Kristina Oblasovaga murabbiylik qilgan[1] va xoreografiya boʻyicha saboqlar bergan. Hozirda Adrian Alvaradoga murabbiylik qilmoqda[2].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
1994—95
1993—94
  • -
  • Space Opera

    Didier Marouani

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: (Gran-pri)

Xalqaro
Musobaqa 90 — 91 91 — 92 92 — 93 93 — 94 94 — 95 95 — 96 96 — 97 97 — 98
Jahon chempionati 10 5 12
Yevropa chempionati 12 3 2 11 8
GP finali 6 5
GP Skate Canada 4 6
GP Rossiya kubogi 3 2
GP NHK Trophy 3
GP Millatlar kubogi 4
Inter. de Parij 4
Nebelhorn Trophy 2
NHK Trophy 7 5
Schäfer xotirasi 3
Skate America 7
Skate Kanada 2
Milliy
Rossiya chempionati 4 1 2 3 2 9
Sovet chempionati 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Biography (Wayback Machine saytida 2007-01-03 sanasida arxivlangan)
  2. „INTERNATIONAL SKATING UNION Communication No. 1467“. 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.