Olga Chernova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olga Aleksandrovna Chernova (1924.13.7, Chelyabinsk viloyati, Troitsk shahri – 1985.26.8, Toshkent) — rejissyor, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1949-yil aktyorlik fti, 1979-yil rejissyorlik fti). 1943–48 yillar Toldiqoʻrgʻon viloyat (Qozogʻiston) drama teatrida aktrisa, 1957–85 yillar M. Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatrida (1966—70 yillar Kuybishev viloyat drama teatrida) rejissyor (1978–81 yillar bosh rejissyor). Ayni vaqtda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida oʻqituvchi, professor (1949–85). Ch. "Quvonch izlab" (V. Rozov), "Jinoyatvajazo" (F.Dostoyevskiy), "Okean" (A. Shteyn), "Chayka" (A. Chexov), "Yolgʻonchi darkor" (D. Psafas), "Momo yer" (Ch. Aytmatov), "Qil ustida" (N. Hikmat), "Valentin va Valentina" (M. Roshchin), "Beozor qariyalar" (M. Bogucharov), "Uch pulga qimmat opera" (B. Brext), "Avlabar bekasi" (A. Sagareli), "Abadiyat qonuni" (N.Dumbadze) va boshqa Ch. sahnalashtirgan eng yaxshi spektakllardir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil