Oleum
Qiyofa
Oleum (lotincha oleum — moy) — 100% li sulfat kislota H2SO4. 96—98% li H2SO4 ga sulfat angidrid SO3 yuttirish yoʻli bilan olinadi. O. tarkibida erkin holda boʻladigan SO3 miqdori O.ning qoʻllanish maqsadiga qarab 18,5—20% gacha yetadi. O.ni suvda eritib, har qanday konsentratsiyali juda toza sulfat kislota olish mumkin. Boʻyagichlar, portlovchi moddalar va boshqalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |