Kontent qismiga oʻtish

Olena Starikova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olena Starikova

Olena Starikova (2019)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 22-aprel 1996-yil (1996-04-22) (28 yosh)
Xarkov, Ukraina
Sport
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Qaysi sport Velosport

Olena Viktorovna Starikova (1996-yil 22-aprel, Xarkov) — ukrainalik velosportchi. 2020-yilgi olimpiya oʻyinlari vitse-chempioni, jahon va Yevropa chempionatlarining koʻp karra sovrindori[1][2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatidagi dastlabki medallarini 2010-yilda Ukraina chempionatida qoʻlga kiritgan. 2010-yildan 2017-yilgacha velotrekning turli yoʻnalishlari boʻyicha Ukrainaning koʻp karra chempioni boʻlgan.

2010-yil sentyabr oyida Xarkovdagi 1-sonli jismoniy tarbiya kollejida tahsil ola boshlagan. Sergey Tepisin murabbiyligida mashgʻulotlarga kirishgan.

2012-yilda veloshosse boʻyicha qizlar oʻrtasidagi jamoaviy bahslarda chempion boʻlgan.

2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 500 metrga oʻtkazilgan poygalarda xalqaro miqyosdagi ilk medalini qoʻlga kiritgan.

2017-yilda Olena Starikova sprint boʻyicha jahon kubogini qoʻlga kiritgan.

2018-yildan beri Lvov klubi safida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.

Starikova velotrek boʻyicha 2020-yilgi jahon chempionatida

2018-yil Glazgoda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatining jamoaviy sprint va 500 metrga oʻtkazilgan git bahslarida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

2019-yil yanvar oyida Ukraina Milliy Olimpiya qoʻmitasi Starikovani oyning eng yaxshi sportchisi deb eʼtirof etgan[3]. Oʻsha yili Olena jahon chempionati[1] va Yevropa oʻyinlarining 500 metrga oʻtkazilgan git bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Yil oxirida esa Niderlandiyaning Apeldorn shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatining sprint bahslarida kumush[2] va 500 metrga oʻtkazilgan git bahslarida bronza medaliga sazovor boʻlgan[4].

2021-yilda Starikova Tokiodagi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Ukraina terma jamoasiga safiga chaqirilgan. 2021-yil 5-avgustda u keiring[5] yoʻnalishida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2021-yil 8-avgustda sprint boʻyicha bahslarda ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Davlat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Олена Старікова — віце-чемпіонка світу з велотреку!“. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Українка Старикова виграла «срібло» ЧЄ з велотреку“ (uk). www.ukrinform.ua. 2019-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-oktyabr.
  3. „Велосипедистка Олена Старікова визнана найкращою спортсменкою січня в Україні“. 2019-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  4. „Старикова выиграла вторую медаль чемпионата Европы в Апелдорне“ (ru). XSPORT.ua. 2019-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-oktyabr.
  5. „Львівська велогонщиця Олена Старікова посіла четверте місце на Олімпіаді“. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  6. „Указ Президента України від 16 серпня 2021 № 361/2021 «Про відзначення державними нагородами України спортсменів — учасників літніх Олімпійських ігор та їх тренерів»“. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  7. „Про відзначення державними нагородами України з нагоди Міжнародного жіночого дня“.
  8. „Указ президента України № 522/2019 від 15 липня 2019 року "Про відзначення державними нагородами України членів національної збірної команди України на ІІ Європейських іграх“. 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.