Oleg Vyalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleg Vyalov
Tavalludi 23-yanvar 1904-yil
Toshkent, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1-iyul 1988-yil
Lvov, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR

Oleg Stepanovich Vyalov (23-yanvar 1904-yil, Toshkent, Rossiya Imperiyasi – 1-iyul 1988-yil) sovet geologi va paleontologi[1]. Ukraina SSR Fanlar akademiyasining akademigi (1948).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleg 10(23)-yanvar 1904-yilda Toshkent shahrida ofitser oilasida tavallud topgan.

1928-yilda Leningrad davlat universitetini tamomlagan[1].

Stepanovich 1927–1933-yillarda Geologiya qoʻmitasida ishlagan.

Oleg Stepanovich 1933–1948-yillarda VNIGRIda faoliyatini olib borgan[1].

1937-yilda „Oʻrta Osiyoning uchinchi darajali konlarini oʻrganish uchun materiallar“[1] mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Oleg professor (1941) va Ukraina SSR milliy fanlarv akademiyasining akademigi (1948).

Oleg „Sledi jiznedeyatelnosti organizmov i ix paleontologicheskoye znecheniye“ asari muallifi (1966).

SSSR Fanlar akademiyasining 1-Sovet Antarktika ekspeditsiyasi aʼzosi (1955–1956)[2].

Vyalov 1988-yil 1-iyunda vafot etgan. U Lvovdagi Lichakovskiy qabristoniga dafn qilingan[1].

Tashkilotlarga aʼzoligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraina Butunittifoq paleontologiya jamiyatining maxsus boʻlimi tashkilotchisi va birinchi raisi bo'lib faoliayt yuritgan (1977)[3].

Oleg Vyalov Stepanovich „Hayvon va oʻsimlik organizmlarining tarixiy rivojlanish yoʻllari va qonuniyatlari“ muammosi boʻyicha Ilmiy kengash byurosi hamda SSSR Idoralararo stratigrafiya qoʻmitasining doimiy neogen va paleogen komissiyalari aʼzosi bo'lgan.

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chodir-togʻ platosining janubiy chekkasida gʻorga Vyalov nomi berilgan (balandligi 1105 m). Uning uzunligi 340 m, chuqurligi 81 m, maydoni 1675 m² ni tashkil etadi. 1927-yilda Chodir-togʻida joylashgan Bezdonnaya koni (443-4), birinchi boʻlib 100 m chuqurlikka erishgan Oleg Stepanovich Vyalov sharafiga nomlangan. Bu nom 1974-yilda olimning 70 yilligi munosabati bilan KAS Karst komissiyasi tomonidan berilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Вялов Олег Степанович“ (uk) (PDF). НАНУ. 2016-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-oktyabr.
  2. Gaussberg Antarctica. — Internatoinaliy Geology Rewiew. — 1359. — Nashr  Internatoinaliy Geology Rewiew.
  3. „А. И. Жамойда, С. В. Рожнов, А. С. Алексеев, А. Ю. Розанов, А. А. Суяркова Столетие Палеонтологического общества России. Исторический очерк“. 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.
  4. Yena V. G., Yena Al. V., Yena An. V. Imena estestvoispitateley Krima na karte poluostrova // Otkrivateli zemli Krimskoy. – Simferopol: Biznes-Inform, 2007. – 520 s. – ISBN 978-966-648-157-6.