Oleg Sokov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleg Yuryevich Sokov
Asl ismi ruscha: Олег Юрьевич Цоков
Tavalludi 1971-yil 23-sentyabr
Gʻazalkent, Toshkent viloyati, OʻzSSR
Vafoti 2023-yil 11-iyul
Berdyansk, Zaporojye viloyati, Ukraina
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Qoʻshin turlari moto-oʻqchi qoʻshinlari
Xizmatdagi yillari 1990—2023
Unvoni General-leytenant
Qoʻmondonlik qilgan 205-alohida moto-oʻqchi brigadasi
Dengiz piyodalari 810-alohida gvardiyachi brigadasi
228-moto-oʻqchi polki
Jang/urush Birinchi chechen urushi,
Ikkinchi chechen urushi,
Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi,
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Mukofotlari Andoza:Rossiya qahramoni
Jukov ordeni Jasorat ordeni Jasorat ordeni Jasorat ordeni
"Harbiy xizmat uchun" ordeni I darajali „Harbiy jasorati uchun“ medali II darajali „Harbiy jasorati uchun“ medali
"Jangovar hamdoʻstlikni mustahkamlash uchun" medali I darajali „Harbiy xizmatdagi yaxshi ishtiroki uchun“ medali II darajali „Harbiy xizmatdagi yaxshi ishtiroki uchun“ medali III darajali „Harbiy xizmatdagi yaxshi ishtiroki uchun“ medali "Gʻalaba kuni harbiy paradda ishtirok etganlik uchun" medali "Kavkaz – 2012" strategik qoʻmondonlik-shtab mashqlari" medali
Bilimi Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti (1994), M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiya (2000)

Oleg Yuryevich Sokov (ruscha: Олег Юрьевич Цоков, 1971-yil 23-sentyabr, Gʻazalkent, Toshkent viloyati, OʻzSSR – 2023-yil, 11-iyul, Berdyansk, Zaporojye viloyati, Ukraina) – rossiyalik harbiy qoʻmondon, general-leytenant (2023), Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (vafotidan keyin, 2023-yil).

Rossiyaning Ukrainaga bosqini tufayli Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya tomonidan sanksiyalar ostidagi shaxslar roʻyxatiga kiritilgan.

2022—2023-yillarda Rossiyaning Ukrainaga bosqinida ishtirok etgan. Ukraina shaharlariga raketa zarbalari berishda qatnashgan[1]. 2022-yilda 144-divizionni boshqargan. 2022-yil sentyabrida Lugansk viloyatining Svatove shahriga ukrainaliklarning zarbasi natijasida yaralangan. 2023-yil 11-iyulda Zaporojye viloyati Berdyansk shahrida raketa zarbasi natijasida halok boʻlgan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1971-yil 23-sentyabrda Toshkent viloyatining Gʻazalkent shahrida harbiy va oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatganlik shahodatnomasini olishdan oldin 11 ta maktabni almashtirgan.

Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini (1994), M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan (2000).

Bilim yurtini tamomlagach, Sibir harbiy okrugida vzvod komandiri, keyin esa rota komandiri lavozimlarida xizmat qilgan. Birinchi chechen urushida qatnashgan.

2000-yildan 2004-yilgacha – 74-alohida moto-oʻqchi brigadasi 2-moto-oʻqchi batalyoni komandiri, mayor, podpolkovnik (Yurga). Ikkinchi chechen urushida qatnashgan.

2004-yildan – Zvenigorod-Berlin ordenli 74-alohida gvardiyachi moto-oʻqchi Kutuzov va Suvorov brigadasi komandiri oʻrinbosari.

2006-yildan – Sevastopol ordenli 228-moto-oʻqchi Aleksandr Nevskiy polki komandiri.

2010-yilda u shartnoma asosida xizmat qiluvchi askarlar boʻyicha firibgarlikda ayblangan, tergovchilarning soʻzlariga koʻra, u muddatli harbiy xizmatchilarni shartnoma asosidagi xizmat qiluvchilarga oʻtkazgan va ularning maoshlarini oʻzlashtirgan[2].

2011-yildan 2014-yilgacha – Janubiy harbiy okrug (Maykop) 49-armiyasining 33-alohida moto-oʻqchi brigadasi komandirining oʻrinbosari.

2014-yildan 2015-yilgacha – SSSR tuzilganining 60 yilligi nomidagi dengiz piyodalari Jukov ordenli 810-alohida gvardiyachi brigadasi komandiri[3].

2015-yildan 2018-yilgacha – 205-alohida moto-oʻqchi brigadasi komandiri (Budennovsk, Stavropol oʻlkasi).

2018-yildan 2019-yilgacha – Janubiy harbiy okrugi 49-umumqoʻshin armiyasi komandir oʻrinbosari (Stavropol)[4].

2019-yil sentyabrdan 2021-yil iyungacha – Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining (Milliy xavfsizlik va davlat mudofaasi fakulteti) tinglovchisi[5][6].

2022-yil 24-fevraldan Ukraina ishgʻolida ishtirok etgan. U Ukraina shaharlariga raketa zarbalarida qatnashgan[1]. 2022-yil avgustdan – Suvorov ordenli 144-gvardiyachi moto-oʻqchi dviziyasi komandiri (Smolensk)[manba kerak]. U Ukraina janubidagi Rossiya qoʻshinlarini Ukraina qarshi hujumini qaytarishda boshqargan[7][8].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 11-iyulda u Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan Berdyanskdagi Rossiya 58-armiyasining zaxira qoʻmondonlik punktiga raketa zarbasi natijasida Janubiy harbiy okrug komandiri oʻrinbosari sifatida halok boʻldi[1][9]. Ukraina tomoniga koʻra, hujum „Storm Shadow“ raketasi bilan amalga oshirilgan[10].

Sanksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 13-dekabrda Rossiyaning Ukrainaga bosqini munosabati bilan u Ukraina shaharlariga raketa hujumlarida qatnashgani uchun Buyuk Britaniya[11] va Yangi Zelandiya[12] tomonidan sanksiyalarga ostida qoldi[13]. Avvalroq, 19-oktyabr kuni u „Ukrainaning tinch aholisi va shaharlariga raketa hujumlari uyushtirish orqali 2022-yilda Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishda ishtirok etgani uchun“ Ukrainaning sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan edi[14][1].

2023-yil 25-fevralda u „Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushda qatnashgani uchun“ Yevropa Ittifoqi tarkibidagi barcha davlatlarining sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan[15]. Shuningdek, shunga oʻxshash sabablarga koʻra u Shveysariya va Yaponiyaning sanksiyalar roʻyxatida boʻlgan[16].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleg Sokov turmush qurgan va bir oʻgʻil va bir qizni tarbiyalagan.

Olgan mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleg Sokov harbiy formada

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Еще один российский генерал погиб на войне в Украине“ (ru). Moscow Times. Moscow Times. Qaraldi: 8-noyabr 2023-yil.
  2. „Командира войсковой части обвиняют в мошенничестве с контрактами“ (ru). Novosibirsk Onlayn. ngs.ru. Qaraldi: 8-noyabr 2023-yil.
  3. Brigadu morskoy pexoti Chernomorskogo flota vozglavil noviy komandir
  4. V paradnom stroyu kadeti SPKU / Sayt SPKU, 9 maya 2018[sayt ishlamaydi]
  5. „Zdes nauchat pobejdat / Gazeta „Krasnaya zvezda“, 4 sentyabrya 2019“. 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.
  6. „Встреча с выпускниками военных вузов“ (ru). фоторацци.рф. фоторацци.рф (2021-yil 28-iyun). Qaraldi: 8-noyabr 2023-yil.
  7. „Russian Nuclear Subs' Absence from Celebration Likely Due to Maintenance, Availability Concerns, British Ministry Says“ (en). Amerika ovozi (2023-yil 14-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  8. „Ukraine repels large Russian missile and drone barrage over Kyiv“ (en-us). PBS NewsHour (2023-yil 13-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  9. „RUSSIAN OFFENSIVE CAMPAIGN ASSESSMENT, JULY 11, 2023“ (en). Institute for the Study of War. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  10. „«Все СМИ уже написали». Бывший командующий 58-й армией подтвердил гибель генерала Цокова в Украине“ (ru). BBC News Русская служба (2023-yil 12-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  11. „Британия ввела санкции против руководства российской армии“ (ru). The Moscow Times rus xizmati (2022-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  12. New Zealand Ministry of Foreign Affairs and Trade. „Russia Sanctions Register“ (en-NZ). New Zealand Ministry of Foreign Affairs and Trade. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  13. „New UK sanctions target senior Russian commanders following strikes on Ukrainian civilian infrastructure“ (en). GOV.UK. Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.
  14. „ЦОКОВ Олег Юрьевич - биография, досье, активы“ (ru). Война и санкции. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
  15. European Union. Official Journal of the European Union L59I // European Union. — 2023. — 25 fevral (Andoza:Бсокр). — ISSN 1977-0677.
  16. „TSOKOV Oleg Yurievich“ (en). OpenSanctions. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  17. Ручкина Т. „В Адыгее семье погибшего на СВО генерал-лейтенанта вручили Звезду Героя России –“ (ru). Коммерсантъ (2023-yil 24-avgust). Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  18. 18,0 18,1 18,2 http://static.kremlin.ru/media/events/photos/big/3L3sJJnA1G2WhZAOBffnov0zIfzBIxFN.jpg
  19. https://8war.ru/wp-content/uploads/68609_29042.jpg

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]