Oleg Kamishev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleg Robertovich Kamishev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1967-yil 7-yanvar
Tavallud joyi Frunze (hozirgi BishkekQirgʻiziston
Ampluasi hujumchi va yarim himoyachi
Mukofotlari Qirgʻiziston chempionati bronza medali (1999)
Qirgʻiziston chempionati bronza medali (2000)
Xalqaro medallar

Oleg Robertovich Kamishev (Kamishyov) (1967-yil 7-yanvar, Frunze, Qirgʻiziston) — sovet, qirgʻiz va rus futbolchisi, maydondagi vazifasi —hujumchi va yarim himoyachi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleg Kamishev 1967-yilning 7-yanvarida Qirgʻizistonning Frunze (hozirgi Bishkek) shahrida tavallud topgan[1].

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleg Kamishev futboldagi faoliyati davomida Qirgʻizistonning yetakchi klublari safida toʻp surgan. 1983-yildan boshlab futbochi SSSR ikkinchi futbol ligasida Frunzening „Semetey“ kattalar futbol klubi tarkibida maydonga tusha boshlaydi. Biroq oradan koʻp vaqt oʻtmay, futbolchining oʻyindagi yuqori mahorati unga boʻlgan talabning ortishiga sabab boʻladi va aynan shu mavsumning oʻzida Kamishev respublikaning yetakchi klublaridan biri — „Alga“ jamoasiga oʻtadi.

1985—1986-yillarda Kamishev oliy liga tarbiyalanuvchilari chempionatida „Qayrat“ jamoasida oʻyin olib boradi.

1980-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, futbolchi Oʻzbekiston SSR ikkinchi liga bahslarida Andijonning „Spartak“ jamoasi tarkibida oʻyinlarini davom ettirgan boʻlsa, SSSR chempionatining soʻnggi mavsumini Orenburgning „Gazovik“ jamoasi tarkibida oʻtkazadi.

SSSR parchalanganidan soʻng, Kamishev bir necha yil davomida Rossiyaning ikkinchi va uchinchi liga jamoalari va havaskor jamoalarida toʻp suradi. 1994-yilda Qozogʻiston oliy ligasida „Aktobe“ tarkibida faqat bitta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, 1994-yil 6-may kuni „Botir“ jamoasi nomidan oʻyinga tushadi[2].

Oleg Kamishev Rossiya klublari safida oʻyinlarini yakunlagach, Qirg‘izistonga qaytib, mamlakat chempionati oliy ligasida Bishkekning „SK Sverdlovsk tuman IIB“ (klub nomi keyinchalik „Parvoz“ga oʻzgartiriladi) klubi safida to‘p sura boshlaydi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilda Kamishev 10 ta gol bilan „SK Sverdlovsk tuman IIB“ klubining eng yaxshi toʻpurari deb topiladi. 1999 va 2000-yillarda esa Qirgʻiziston chempionatining bronza medali sohibiga aylanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]