Oleg Borisov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Borisov Oleg Matveyevich (1929, Mordva Respublikasi — 1988. 31. 10, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1984), geol. mineralogiya fanlari d-ri (1970). Oʻrta Osiyo davlat universiteti geol. fakultetini bitirgan (1953). Oʻzbekiston FA geologiya va geofizika institutida katta ilmiy xodim (1956—70), lab. mudiri (197086), Oʻzbekiston FA seysmologiya instituti direktori (1986—88). Asosiy ilmiy ishlari regional geol. va magmatizmga bagʻishlangan. Oʻzbekistonning tektonik xaritasi va Oʻrta Osiyoning paleozoy davri jinslarigacha boʻlgan pastki qatlami tuzilishining dastlabki sxemasini tuzishda qatnashgan.