Oldrin Edvin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oldrin Edvin (1930.20.1) - AQSH astronavt-uchuvchisi, Harbiy-Havo Kuchlari polkovnigi. AQSH Harbiy akademiyasini tugatgan (1951). AQSH ning Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi astronavtlari guruhiga qabul qilingan. 1966 yil noyabrda "Jemini-12" kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan; 1969 yil iyulda "Apollon-11" kosmik kemasida (N. Armstrong va M. Kollinz bilan birga) birinchi marta Oyga tarixiy parvozini amalga oshirgan. "Apollon-1 1" kosmik kemasining oy boʻlmasida 20 iyulda Oyga qoʻngan va 21 iyulda O. Armstrongdan 20 min. keyin Oy sathiga qadam qoʻygan va 1,5 soat yurgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga O. nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil