Buzz Aldrin
Qiyofa
Edvin Yujin Oldrin (1930.20.1) — AQSH astronavt-uchuvchisi, harbiy-havo kuchlari polkovnigi. AQSH Harbiy akademiyasini tugatgan (1951). AQSHning Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi astronavtlari guruhiga qabul qilingan. 1966-yil noyabrda Gemini 12 kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan; 1969-yil iyulda „Apollon-11“ kosmik kemasida (N. Armstrong va M. Kollinz bilan birga) birinchi marta Oyga tarixiy parvozini amalga oshirgan. „Apollon-1 1“ kosmik kemasining oy boʻlmasida 20-iyulda Oyga qoʻngan va 21-iyulda O. Armstrongdan 20 daqiqa keyin Oy sathiga qadam qoʻygan va 1,5 soat yurgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga Oldrin nomi berilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |