Olamushuk adiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olamushuk adiri - Fargʻona bo-tigʻining jan.-sharqiy qismi (Andijon viloyati hududi)da joylashgan adir. Janubiy va jan.-sharkda Oʻsh-Aravon adirorti botigʻi, gʻarbda Aravon — Shahrixon yoy-ilma konuslari orasida. Gʻarbda Andijon adiri bilan tutashgan, shimolida Qoradaryoga yaqinlashadi. Olamushuk adiri jan.gʻarbdan shim.-sharqqa 15 km masofaga choʻzilgan, eni 300–700 m, eng baland joyi 919 m. Atrofidagi tekisliklardan 300–400 m ga koʻtarilgan, jan.-sharqiy yon bagri tikroq.. Yon bagʻirlari koʻplab quruqsoylar va jarliklar bilan kesilgan. Tektonik jihatdan braxiantiklinal struktura. Paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr konglomerati, loytosh, qumtosh, qumoq jinslardan tashkil topgan. Ular quyi yerlarda qalin lyossimon jinslar bilan qoplangan, relyefi tekisroq. Adirning quyi qismi toʻrtlamchi davrda sodir boʻlgan yangi tektonik harakatlar natijasida koʻtarilgan. Iklimi qurgʻoqchil, yozi issiq, yillik yogʻin 20–300 mm. Tuprogʻi boʻz tuproq. Rang, koʻngʻirbosh, shaytonkovush kabi oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qoʻshoyoq, boʻrsiq, jayra, tulki, kalamush, kaltakesak, ilonlar va boshqa uchraydi. Tabiiy boyliklardan neft, tabiiy gaz, oltingugurt bor. Olamushuk adiri yerlari yaylov sifatida ham foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil