Olamning geotsentrik sistemasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olamning geotsentrik sistemasi — olamning markazi Yer boʻlib, uning atrofida boshqa barcha osmon jismlari harakatlanadi, degan qad. dunyoqarash. O.g.s. haqidagi taʼlimotni dastlab Aristotel miloddan avvalgi 4-asrda ishlab chiqqan. Uning fikricha, Yer qoʻzgʻalmas Oy, Merkuriy, Venera, Kuye’sh, Mars, Yupiter va Saturnga tegishli yettita osmon bilan oʻralgan. Sakkizinchi osmon qoʻzgʻalmas yulduzlarga tegishli. Toʻqqizinchi osmonda esa barcha osmon sferalarini harakatlantiruvchi "ruh" joylashgan, deb tushuntiradi. Ana shu taʼlimotni Ptolemey (milodiy 2-asr) "Almagest" asarida quyidagi 4 farazga asoslanib keltirgan: 1) Yer koinotning markazi; 2) Yer qoʻzgʻalmaydi; 3) barcha osmon jismlari Yer atrofida aylana boʻylab harakatlanadi; 4) osmon jismlari tekis bir tezlikda harakatlanadi. O.g.s.ga asosan barcha sayyoralar, Oy, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida bir sutkada tekis aylanib chiqadi, sayyoralar epitsikllar boʻylab, epitsikllarning markazi esa deferent deb atalgan aylana boʻylab harakatlanadi. Oy va Quyosh esa faqat deferentlarda harakat qiladi. O.g.s. taʼlimoti to 16-asrgacha xukm-ron boʻlib keldi. 16-asrdan O.g.s. oʻrnini geliotsentrik sistema egalladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil