Okurayama chang'idan sakrash stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Okurayama Ski Jump Stadium
Umumiy maʼlumot
Shahar Miyanomori area,
Chūō-ku, Sapporo,
Hokkaidō,
Mamlakat  Yaponiya
Okurayama chang'idan sakrash stadioni

Okurayama changʻidan sakrash stadioni — (Ōkurayama-Schanze (yaponcha: 大倉山シャンツェ Ōkurayama Shantse?) Maʼnosi-Yanchiq, shuningdek, Ku, Sapporo, HokKaid, Yaponiyadagi changʻi sakrash joyi. Asosan Sapporo shahriga tegishli[1] changʻi tramplisi Okura togʻining sharqiy yon bagʻrida joylashgan. Stadion bir qator qishki sport tadbirlariga mezbonlik qilgan, jumladan 1972-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari va 2007-yilgi Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatlaridir. Stadion hududi Qishki sport muzeyi, Okurayama billur uyi va Okura togʻini kuzatish platformasi, shuningdek, tramplindan iborat.

Stadionning maydoni 8,2 gektarga[2] teng boʻlib, unda musobaqa paytida maksimal 50 000 kishini qabul qila oladi va changʻidan sakrash katta tepalikka sakrash sifatida tasniflanadi. Yuqori boshlangʻich nuqtadan nishabning pastki qismigacha boʻlgan sakrash tepalikning umumiy balandligi 133 metrni tashkil qiladi, shuningdek, K nuqtasi (kritik nuqta)gacha boʻlgan masofa 120 metr masofani tashkil qiladi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

1931-yilda Okurayama changʻidan sakrash stadioni Kishichiro Okura tomonidan Xiroxitoning ukasi shahzoda Chichibuning maslahati va moliyaviy yordami bilan qurilgan va qurib bitkazilgandan soʻng Sapporoga sovgʻa qilingan. Yana bir „Okurayama-Schanze“ nomi 1931-yilda inauguratsiya marosimidan kelib chiqqan boʻlib, oʻsha paytdagi Sapporo meri Masaharu Xashimoto changʻida tramplin asoschisi sharafiga „Okura Schanze“ deb nom bergan. Schanze atamasi nemischa changʻida sakrash degan maʼnoni anglatadi. Norvegiya changʻi federatsiyasi prezidenti Olaf Helset tomonidan yaratilgan sakrash tepaligi va maxsus stadion buyumlari bilan jihozlangan[3].

Stadion 1972-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlariga mos kelishi kerak boʻlgan, 1970-yilda davlat mablagʻlari hisobidan taʼmirlangan. Taʼmirlashdan soʻng, stadion 110 metr balandlikda K nuqtaga ega boʻlib, 50 000 kishini sigʻdira olgan[4]. Shu bilan birga, uning nomiga „yama“ (yaponcha „togʻ“) soʻzi qoʻshilgan, shuning uchun stadion „Ōkurayama Jampu Kyōgijō“ (Okura togʻida changʻidan sakrash stadioni) deb nomlangan. 1972-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari uchun changʻidan sakrash 90 metrga toifadagi changʻidan sakrash musobaqasi oʻtkaziladigan joy hisoblangan[5].

Umumiy koʻrinish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadionda changʻidan sakrash. Moviy chiziq P-nuqta, qizil chiziq esa K-nuqtani bildiradi.

Okura togʻida changʻidan sakrash stadioni FIS Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladigan joylardan biri, shuningdek, butun dunyo boʻylab 90 metrli sakrash boʻyicha bir necha tepaliklardan biri hisoblanadi. Yaqinlashish nishabining maksimal moyilligi, boshlangʻich nuqtadan 101 metrli uchish rampasigacha boʻlgan maydon 35 daraja qoʻnish qiyaligi, P nuqta va K nuqta chiziqlari chizilgan hudud — 37 daraja ekanli oz’iga hos alohida belgilaridir. P nuqtasi qiyalikdagi koʻk chiziq bilan koʻrsatilgan boʻlib, u changʻida sakrash sprotchisi uchun qoʻnish standart nuqtalarni bildiradi, K nuqtasi esa qizil chiziq bilan ajratilgan va changʻidan sakrovchilarga qoʻshimcha ball beradigan maydon sifatida belgilangan. Bundan tashqari mexanizim muvaffaqiyatli qoʻnishni taʼminlab beradi.

Changʻida sakrash tepaligi rekordi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Norasmiy yoki mutlaq rekordlar — bu oʻsha paytda rasmiy rekordlardan uzoqroq boʻlgan, ammo qitʼa kubogi, milliy musobaqalar va boshqalar kabi past davra musobaqalarida oʻrnatilgan barcha sakrashlarni oʻz ichiga olasi, ammo rasmiy reytinglarda mutlaqo hisobga olinmaydi.

Bogʻga kirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

JR avtobusi: Maruyama avtobus terminalidan (Maruyama-Kōen stantsiyasi, Tōzai liniyasi) Okurayama Kyogijo sakrash avtobus bekatiga 12 daqiqa, shuningdek, piyoda 10 daqiqa yurib boriladigan masofada joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „the history of the Mt. Okura Ski Jump Stadium“. 24-oktyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktyabr 2007-yil.
  2. „the history of the Mt. Okura Ski Jump Stadium“. 24-oktyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktyabr 2007-yil.
  3. „the history of the Mt. Okura Ski Jump Stadium“. 24-oktyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktyabr 2007-yil.
  4. „the history of the Mt. Okura Ski Jump Stadium“. 24-oktyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktyabr 2007-yil.
  5. 1972 Winter Olympics official report. pp. 265-7.