Oktan soni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oktan soni — karbyuratorli inki yonuv dvigateli yonilgilarining detonatsiyaga turgʻunligini ifodalaydigan koʻrsatkich. Yonilgʻining Oktan soni etalon yonilgʻi aralashmasiga taqqoslab aniqlanadi. Etalon yonilgi sifatida izooktan (2, 2, 4-uch metilpentan) va geptan aralashmasi qabul qilingan. Izooktanning detonatsiyaga turgʻunligi 100, normal geptanniki nol deb olingan. Etalon yonilgʻi aralashmasidagi izooktanning foizlardagi miqdori sinaladigan yonilgʻining Oktan sonini belgilaydi. Yonilgining Oktan soni qancha katta boʻlsa, detonatsiyaga moyilligi shuncha kichik boʻladi. Avtomobillarda Oktan soni 66—98 ga teng benzin, siqish darajasi yuqori boʻlgan dvigatellarda Oktan soni yuqori ben-zinlar ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil