Okean plitalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Okean plitalari - okean oʻrtalik tizmasi etagi bilan materiklarning suv ostidagi chekka qismlari oraligʻidagi yaxlit joylar. Ular abissal tekisliklar relyefini ishgʻol qilib 4,5— 6,0 km, yer yoriklari zonasida esa 6—7 km chuqurlikda joylashgan. Abissal tekisliklar plita ichidagi koʻtarilmalarga va ayrim doirasimon botiklarga boʻlinadi. Bunday botiklar Atlantika okeani oʻrtaliqtizmasining ikki tomonida butun okean boʻylab zanjirsimon tizim hosil qilib joylashgan. Botiqlarni qoplagan choʻkindilar qalinligi bir necha yuz m ga yetadi, asosan ohaksiz balchiklar — radiolyariyli, diatomli, qizil rangli, chuqur suv gil jinslaridan tuzilgan.

Uning ostki, qad. qismida faqat pelagik karbonatlar hosil boʻladi. Okeanning tekis tubi vulkan jinslaridan tarkib topgan suv osti tizmasi hamda rif ohaktoshlari — giyota (gayota)lar bilan band (ayniqsa, Tinch okeanda). Botiklar magistral yoriqlar bilan kesilgan (mas, Tinch okeanning shim. qismidagi Imperator yorigʻi). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil