Okan Yılmaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Okan Yılmaz
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 16-may 1978-yil (1978-05-16) (45 yosh)
Tavallud joyi Bursa, Turkiya[1]
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1988—1996 İnegölspor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—1998 İnegölspor 41 (15)
1998—2005 Bursaspor 212 (115)
2005 Malatyaspor 16 (4)
2006 Konyaspor 14 (4)
2006 Sakaryaspor 11 (1)
2007 Diyarbakirspor 9 (0)
2008 Orduspor 5 (1)
2008 Panthrakikos 3 (0)
2009 Vanspor 10 (3)
2009—2010 Tepecikspor 9 (1)
Milliy terma jamoa
1998—2002 Turkiya U21 34 (38)
2003—2004 Turkiya 8 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-yanvar uchun)

Okan Yilmaz (1978-yil 16-mayda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi[2]. Turkiyaning bir nechta gigant klublari safida maydinga tushgan. Turkiyani xalqaro maydonda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar hamda kattalar terma jamoalarida himoya qilgan.

Ilk faoliyat yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yilmaz 1988-yildan boshlab „Karayollari Yolspor“ jamoasida futbol oʻynay boshlagan. Uning professional faoliyati 1996-yilda „Inegölspor“ jamoasida boshlangan. Oradan ikki yil oʻtib, 1998-yilda u Bursasporga koʻchib oʻtgan. Yilmaz faoliyatining eng ogʻir vaqtini Bursa klubida oʻtkazgan va ikki marta (2001 va 2003) urilgan gollar soni boʻyicha Superligada yetakchilik qilib peshqadamlikni hech kimga bermagan. 2003-yilda unga Rossiyaning CSKA Moskva va Marselning "Olympique de Marseille " klublari qiziqish bildirishgan. Transfer narxi Bursaspor jamosi tomonidan qabul qilingan, ammo Okan Yilmaz shartnoma shartlariga rozi boʻlmagan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Okan Yilmaz xalqaro faoliyatini 2000-yilda Turkiya U-21 terma jamoasi tarkibida boshlagan. U 2003-yilda Turkiya kattalar terma jamoasi tarkibdan chaqiruv olgan, ammo 2004-yildan beri biror marta Turkiya terma jamaoasiga boshqa chaqirilmagan. U terma jamoa safida sakkizta oʻyinda maydonga tushib beshta golga mualliflik qilgan, shuningdek, 2003-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida uchinchi oʻrinni egallagan jamoaning asosiy tarkib oʻyinchilaridan biri boʻlgan[3]. Yarim finalda Fransiyaga qarshi oʻyinda Yilmaz penaltidan hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan, ammo penaltidan unumli foydalana olmagan va natijada Turkiya 3:2 hisobida magʻlub boʻlib va uchinchi oʻrin uchun kurashishga majbur boʻlgan. Uchunchi oʻrin uchun bahsda ular gʻalaba qozonishgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya
  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2003 uchinchi oʻrin: 2003[4][5]
Shaxsiy yutuqlar
  • Superliganing eng yaxshi toʻpurari : 2001, 2003
  • TFF Birinchi liganing eng yaxshi toʻpurari: 2005-yil

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
İnegölspor 1996-97 25 13 2 9 27 22
1997-98 16 2 0 18 16 20
Jami 41 15 2 1 43 16
Bursaspor 1998 4 0 0 0 4 0
1998-99 23 2 0 0 23 2
1999-00 25 13 4 2 29 15
2000-01 31 23 0 0 31 23
2001-02 32 14 1 1 33 15
2002-03 34 24 1 1 35 25
2003-04 34 14 2 0 36 14
2004-05 29 25 2 1 31 26
Jami 212 115 10 5 222 120
Malatyaspor 2005-06 16 4 3 0 19 4
Jami 16 4 3 0 19 4
Konyaspor 2006 14 4 1 0 15 4
Jami 14 4 1 0 15 4
Sakaryaspor 2006-07 11 1 1 0 12 1
Jami 11 1 1 0 12 1
Diyarbakirspor 2007-08 9 0 0 0 9 0
Jami 9 0 0 0 9 0
Orduspor 2008 5 1 0 0 5 1
Jami 5 1 0 0 5 1
Panthrakikos 2008-09 3 0 0 0 3 0
Jami 3 0 0 0 3 0
Vanspor 2009 10 3 0 0 10 3
Jami 10 3 0 0 10 3
Tepecikspor 2009-10 9 1 0 0 9 1
Jami 9 1 0 0 9 1
Jami 330 144 17 6 347 150

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Mavsum Oʻyinlar Gollar
Turkiya 2003-yil 8 5
Jami 8 5

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OKAN YILMAZ tff.org (turkcha), accessed 15 May 2010
  2. OKAN YILMAZ tff.org (in Turkish), accessed 15 May 2010
  3. OKAN YILMAZ tff.org (in Turkish), accessed 15 May 2010
  4. „FIFA Confederations Cup France 2003™“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
  5. „Turkey edge past Colombia“ (En). BBC Sport (28-iyun 2003-yil). 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.