Ojeshko Eliza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

OJESHKO (Orzeszkowa) Eliza (1841.6.6 - Grodjmlahri - 1910.18.5) — polyak adibasi. Yirik yer egasining qizi. Varshava pansionida tarbiyalangan (1852—57). Asarlari 1866-yildan nashr etila boshlagan. O.ning ilk roman va qissalari ("Pan Grabe", 1869; "Marta", 1873 va boshqalar) ayollarning insoniy qadr-qimmat va ijtimoiy erkinlik uchun kurashiga bagʻishlangan. O. ijodining asosiy mavzui eski pomeshchiklik tartibining inqirozi hamda burjuaziya obroʻ-eʼtiborining yuksalishidir: "Eli Makover" (1874—75), "Broxvichlar oilasi" (1876) romanlari va boshqa Realistik hikoyalar toʻplami "Turli-tuman davralardan" (1—3-jildlar, 1879—82), belorus dehqonlari hayotini aks ettiruvchi "Pastliklar" (1883), "Dzyurdzi" (1883) va "Surbet" (1888) qissalari shuhrat topgan. "Neman uzra" romani (1887) O. ijodiy yutuqlarining umumlashmasi boʻlib, unda tanazzulga yuz tutayotgan shlyaxta (polyak dvoryan)larga milliyvatanparvarlik anʼanalariga sodiq mehnatsevar dehqonlar qarshi qoʻyilgan. O. nasriy asarlari 19-asr polyak realizmi choʻqqilaridan biridir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil