Oharun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oharun — ilk oʻrta asrlarda Chagʻoniyonning shim.da joylashgan viloyat (6—10-asrlar). O. hokimi qoʻshni Shuman shohiga tobe boʻlgani tufayli tarixiy manbalarda bu viloyatlar qoʻshma holda uchraydi. Xitoy sayyohi Syuan Szanning xotiralarida Xo-ru-mo deb atalgan. O. hokimi Xi-su urugʻiga mansub turk boʻlgan. 7-asrda bu yerda 2 budda ibodatxonasi va 100 ga yaqin rohib bor edi. Xitoy tarixiy yilnomasi "Tan shu" ("Tan sulolasining tarixi")da O. Xu-lu-yen shaklida qayd etilgan. Unga koʻra, Xitoy maʼmurlari tomonidan 658—659 yillarda Gʻarbiy Turk xokrnligi yerlarida oʻtkazilgan maʼmuriy is-lohotdan soʻng Xu-lu-yen mulki Shuman bilan birlashib yagona gubernatorlikni tashkil etgan. Tabariyga koʻra, 700 yil arab sarkardasi Muxallab ibn Abu Sufra Kesh qamalini boʻshatib shoshilinch ravishda qoʻshini bilan O.ga kelgan. 705 yil O. va Shuman shohi Gʻushtasbon kuchayib, Chagʻoniyon viloyatiga hujum qilgan, Chagʻoniyon shohi Tish arablar bilan ittifoq tuzgan. 722—723 yillarda O. va Shuman shohi Gʻuram arablar tomonidan turib Devashti qoʻzgʻo-lonini bostirishda qatnashgan. Gʻuram 700 yilda arablar tomoniga oʻtgan "O.hokimi" boʻlib, shu tufayli Shuman shohi Gʻushtasbon uni taʼqib etgan. Gʻushtasbon 709/710 yilda oʻldirilgan. Shundan sung Gʻuram O. va Shuman shohi bulgan.

9-asrning 1-yarmida O. Toharistonning alohida okrugi bulgan. 826—827 yillarda undan 32 ming dirham miq-dorda xiroj olingan. O. poytaxti Hamavaron shahri bulgan. 10-asrda somoniylar davrida O. tanazzulga uchragan. 10— 12-asrlarda O. nomi manbalarda uchramaydi.

Adabiyot[tahrir]

  • Kamal idd i nov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachalo XIII vv., T., 1996.

Sayfullo Tursunov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil