Ogayo (daryo)
Ogayo | |
---|---|
![]() | |
Tavsif | |
Uzunligi | 1 579 km |
Suv sarfi | 7 973 m³/s |
Joylashuvi | |
![]() | |
Davlat | AQSh |
Ogayo (daryo) |
Ogayo yoki Ohayo (inglizcha: Ohio) — AQShdagi daryo, Missisipi daryosining chap irmogʻi. Uz. 1580 km, havzasining maydoni 528,1 ming km². Appalachi togʻlaridan boshlanib, Appalachi platosi va Markaziy tekisliklardan oqadi. Asosiy irmoklari: Kentukki, Kamberlend, Tennesi (chapdan). Oʻrtacha suv sarfi 8000 m³/sek. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Yilning sovuq mavsumida toʻlib oqadi, avgust— sentabrda sayozlanib qoladi. Daryo deyarli hamma qismida shlyuzlangan va kema katnay-di (Luisvill shahri yaqinidagi serostona qismida parallel ravishda kanallar qurilgan). Yirik GESlar bor. O. soqilida Pitsburg, Sinsinnati, Luisvill shaharlari joylashgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |