Ogʻizaylangichlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ogʻizaylangichlar (Rotatoria) -birlamchi tana boʻshlikli chuvalchanglar sinfi. Xaltasimon, baʼzan sharsimon gavdasi bosh, tana va dum boʻgʻimlaridan iborat. Koʻp hujayrali hayvonlar orasida eng kichigi, gavdasining uzunligi 0,01 dan 2,5 mm gacha. Ogʻiz oldi kipriklari murakkab tuzilgan.ogʻiz aylan-gich apparatini hrsil qiladi. Ayrim turlarining bosh boʻlimida sezgir tukchalari va 1—2 ta pigment koʻzachalari boʻladi. Koʻpchilik O. tanasi sovut bilan oʻralgan. Oʻtroq O. oyogʻi uchidagi 2 ta oʻsimtasi yordamida substratga yopishib oladi. Ichagi toʻgʻri nay shaklida; ichakning oldingi qismi chaynovchi oshqo-zon — mastaksni hosil qiladi. Ayirish organlari — protonefridiylar kloakaga ochiladi. Nerv sistemasi hal-qum usti gangliyi va undan qillar, koʻzchalar va boshqa organlarga ketadigan nervlardan iborat. Ayrim jinsli. Jinsiy bezlar yoʻli kloakaga ochiladi. Tuxim qoʻyadi yoki baʼzi vakillari tirik tugʻadi. Erkagi mayda, ayrim turlarining erkagi boʻlmasligi tufayli partenogenez koʻpayadi. O. sistematika-si va turlari yaxshi oʻrganilmagan. Keng tarqalgan; 2000 ga yaqin turi bor. Chuchuk suv bentosi va planktoni tarkibiga kiradi; nam mox va tuprokda yashaydi; ayrim turlari dengizlarda va shoʻr suvli havzalarda uchraydi. Bir hujayrali suv oʻtlari, mikroorganizmlar bilan oziqlanadi, ayrimlari yirt-qich. Suv havzalari qurib qolganda koʻpchilik O. anabioz holatiga oʻtadi. Suv qavzalarining oʻz-oʻzidan tozalanishida va yosh baliqchalarning asosiy ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil