Oftobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oftobi — mayiz solish usuli, uzumni ishlov bermasdan, bevosita oftobda quritish. Bu usul uzumchilikda tarqalgan boʻlib, asosan, oq kishmish va kora kishmish uzum navlari quritiladi. Uzum boshlari uzib olingach, xillanadi va taxta patnislar; boʻyra yoki somon suvoq qilingan joyga bir te-kis qilib yoyiladi. Oradan 7—8 kun oʻtgach, gʻujumlarning ust qismi soʻlib, bir oz qorayadi. Shunda uzum boshlar agʻdarib qoʻyiladi va quriguncha shu holda turadi. Quritish 15—20 kun da-vom etadi. Namligi 18% dan oshmaydigan qurigan mayiz shingil bandlari, xas-choʻplaridan tozalanib, idishlarga joylanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil