Ofoqxoʻja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ofoqxoʻja (1625, Kumul, Sharqiy Turkiston — 1695, Qoʻqon qishlogʻi, Kashqar viloyati) — islom va tasavvuf ilmining yirik targʻibotchilaridan biri va Yorkend xonligida taxtga oʻtirgan xoʻjalarning dastlabkisi; Turkiston tasavvuf ilmining rahnamolaridan Mahdumi Aʼzamning avlodi. O.ning ismi Hidoyatullo boʻlib, u xalq orasida hurmat belgisi boʻlgan "Ofoq" ("Yorugʻ dunyo" yoki "Yorugʻlik egasi") — xuja nomi bilan mashhurdir. O. yoshligida otasi Muhammad Yusuf ibn Eshon Kalon bilan turli shaharlarda yurib bilim va tarbiya olgan. 1638 yilda Kash-qarga kelib, otasi vafotidan soʻng bu yerdagi oqtogʻlik xujalarga bosh bulgan. 1670 yilda Yorkend xonligida yuz bergan ichki kurashlar natijasida O. Qashqarni tark etib Turkiston shaharlarida, qalmoqlar (oyrotlar) orasida va Xeshi yulagidagi (Xesi-szoulan) vi-loyatlarda diniy targʻibot ishlari bilan shugʻullangan. 1678 yilda Tibetda 2 yilga yaqin yashagan va bu yerdagi budda dini vakillari bilan yaqin aloqada boʻlgan. 1680 yil Tibet zodagonlari yordamida oyrotlar xoni bilan tanishgan. 1681 yilda qalmoklar tomonidan Yorkend xonligi taxtiga oʻtqazilgan. Uning jasadi Yogʻdu deb nomlangan joydagi ota-buvalari qabri yoniga dafn etilgan. Shundan boshlab ushbu qabriston "Ofoqxoʻja mozori" deb nomlanib, ziyorat maskaniga aylangan.

Abdulahad Xoʻjayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil