Ofeliya Yusupova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ofeliya Yunusovna Yusupova (1938.8.11, Toshkent) — pianinochi, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanʼat arbobi (1994), professor (1987). Klara Yusupovaning singlisi. Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1956—60), Toshkent konservatoriyasi (1962) va aspiranturasi (1965)ni tugatgan. Shu yer (2002-yildan Oʻzbekiston konservatoriyasida konsertmeyster (1960—62), pedagog (1962-yildan), kafedra mudiri (1973-yildan), rektor (1987-97), Uzbek davlat filarmoniyasi yakkaxon sozandasi (1962—70). Repertuaridan Yevropa klassik (Bax, Motsart, Betxoven, Shopen, Grig, Raxmaninov, Prokofyev va boshqalar) va Oʻzbekiston (G. Mushel, S. Yudakov, X. Izomov, F. Yanov-Yanovskiy, X. Azimov, N. Zokirov, A. Nabiyev va boshqalar) kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. P.Xoliqov, R. Hamroyev, R. Abdullayev, M. Tojiyev va boshqalarning fortepiano konsertlarining birinchi ijrochisi va targʻibotchisi. Oʻzbekiston kompozitorlari fortepiano musiqa festivali tashabbuskori va tashkilotchisi (1974-yildan). Ijro uslubi intellektual omili yetakchiligi, kompozitsion puxtaligi, meʼyoriy histuygʻulari bilan ajralib turadi. Ijrolari 2 gramplastinka va Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Yusupova Ofeliya Yunusovna" OʻzME. Yu-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Kalmikova G., Ofeliya Yusupova, T, 2001.