Kontent qismiga oʻtish

Odorologiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Izquvar german kuchugi
Itlar odorologiyasi

Odoroligiya(lot. Odor- hid+ yunon. logos- soʻz, taʼlim soʻzlaridan)— shaxsni aniqlashga qaratilgan hidlar haqidagi taʼlimot. Kiriminalistikada, asosan izquvar(hid sezuvchi) itlarning hid bilish qobiliyati yordamida jinoyat sodir etish joyida boʻlgan va oʻzining hidi haqida axborot qoldirgan shaxslar, shuningdek buyumlar, izlar narslar aniqlanadi. Keyingi yillarda hidlarni instrumental usulda tekshirishga qaratilgan izlanishlar olib borilmoqda.

Odorologiyaning predmetini hidning tabiati, kelib chiqishi, uni saqlash va tekshirish qonuniyatlarini oʻrganish tashkil qiladi. Hid izlarini bilish tarmogʻi va uning jinoyatni ochishda ishlatilishi sud Odorologiyasi deb ataladi. Odorologiya odorologik ekpertizani ilmiy asosi hisoblanadi. Kriminalistikada Odorologiyani qoʻllash bahsli masaladir. Uni tezkor-qiduruv faoliyati uchun ahamiyati inkor qilinmasada, daliliy mohiyati shubha ostiga qoʻyiladi.

[1]

Sud- tibbiyot odorologiyasining turlari hidlarni olish, tahlil qilish va ro'yxatga olish usullariga ko'ra sud odorologiyasi it va instrumental - olfaktronikaga (lotincha olfactus - hiddan) bo'linadi. Itlar odorologiyasida hidli moddalar analizatori sifatida maxsus o'qitilgan xizmatchi itning hid bilish organi ishlatiladi. Instrumental odologiyada fizik-kimyoviy asboblar analizator sifatida ishlatiladi, ular hidli moddalar spektrini aniqlashga, uni olfaktrogramma shaklida qayd etishga va inson sekretsiyasining alohida tarkibiy qismlarini yuqori sezgirlik bilan aniqlashga qodir.

Olfaktronikaning asosiy vazifalaridan biri hidni aniqlaydigan uchuvchi moddalar spektrini qayd etish va uni keyingi matematik qayta ishlashga yaroqli shaklda hujjatlashtirish, shuningdek hidning emissiyasining alohida komponentlarini ro'yxatga olish usullarini ishlab chiqish va uskunalarni yaratishdir. [2]

  1. O'zbekiston yuridik ensiklopediyasi .2009. — 345-bet-bet. 
  2. {{|Одорология |website=https://ru.wikipedia.org/wiki/Одорология}}