Odoakr
Qiyofa
Odoakr (Odoacer) (taxminan 431 — 493.15.3) — Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatori armiyasidagi yollanma german otryadlaridan birining rahbari. Germanlarning skirlar kabilasidan. 476-yil 22 yoki 23 avgustda Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan, oʻzini Italiya hokimi deb eʼlon qilgan. 493-yil Odoakr davlati ostgotlar tomonidan zabt etilgan, O. esa oʻldirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |