Odat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Odat (psixologiyada) — oʻrganish boʻlib qolgan va muayyan vaziyatda bajarish individ uchun ehtiyojga aylangan xattiharakat. O. stixiyali tarzda shakllanishi, muayyan tarbiya mahsuli boʻlishi, harakterning barqaror xususiyatiga aylanishi, avtomatizm belgilariga ega boʻlishi mumkin. O.ning fiziologik asosi, malakanikn kabi, dinamik stereotip, yaʼni bosh miya katta yarim shari poʻstlogʻidagi nerv sistemasidir. O. faoliyatning turli soxalari (mehnat, oʻquv, sport va boshqalar)da vujudga kelib, inson xattiharakatining barcha tomonlari (axloqi, bilish jarayoni, madaniy-maishiy turmushi va boshqalar)ni qamrab oladi. O. foydali (mas, ertalabki gimnastika) va zararli (mas, chekish) boʻlishi mumkin. Foydali O. shaxening ijobiy hislatlari shakllanishiga yordam beradi. Mas, mehnat odati mehnatsevarlikni rivojlantiradi. Aksincha, zararli O.lar salbiy xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Mas, vaqtni behuda oʻtkazishdan dangasalik, ishni oxiriga yetkazmaslikdan irodasizlik O.lari kelib chikali. O. tusini olgan xattiharakatlar kishiga mustahkam singib, uning tabiatiga — fazilati yoki illatiga aylanadi. Yoshlikdan ijobiy Olarni tarkib toptirib, salbiy O.larga qarshi kurashish taʼlimtarbiyaning muhim vazifasidir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil