Obyekt munosabatlari nazariyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Obyekt munosabatlari nazariyasi — psixodinamik yondashuv doirasida mavjud boʻlgan psixologik qarashlar tizimining modeli va u oʻzida ichkilashtirilgan tashqi obyektlar: insonlar va vaziyatlarni mujassamlashtiruvchi ruhiyat (psixika) „ichki obyektlar“dan tarkib topgan degan taxminni rad etishga asoslanadi. Psixodinamik nazariyaga asoslangan obyekt munosabatlari nazariyasi insonlarning boshqalar hamda oʻzlarining voyaga yetgan hayotidagi vaziyatlarga munosabati chaqaloqlik davrida kechirgan oilaviy tajriibasi orqali shakllanishini taxmin qilinadi. Masalan, goʻdakligida beparvolik yoki zoʻravonlikni boshdan kechirgan katta yoshli inson boshqalardan ham shunga oʻxshash xatti-harakatni kutadi, bu unga ota-onasining oʻtmishdagi beparvo yoki haqoratli xatti-harakatlarni eslatadi. Ongsiz holatdagi odamlar va hodisalarga doir bunday tasavvurlar inson balogʻatga yetganda „men“ga aylanadi va ular insonlarning ijtimoiy munosabatlari hamda oʻzaro muomalalarda xatti-harakatlarini oldindan aytishda ongsiz ravishda qoʻllaniladi. Psixik funktsiyalar ushbu model doirasida ichki obyektlar oʻrtasidagi munosabatlarning nuqtai nazaridan tushuntiriladi[1].

Ushbu nazariya doirasidagi ilk asarlar Melanie Klein, Ronald Fairbairn, Donald Winnicott va Maykl Balint tomonidan yozilgan. Ular asosida Britaniya psixotahlil maktabi shakllandi. Otto Kernberg, Hans Levald, Uilyam Meysner, Arnold Modell, Roy Shefer, Xaynts Kohut va Josef Sandler[1] mazkur model doirasida oʻzlarining muhim asarlarini bitishdi.

Obyekt munosabatlari nazariyasi Freydning obyektlarning shaxs rivojiga taʼsiri haqidagi kuzatishlariga tayanadi. Ammo Freyd obyekt nazariyotchisi hisoblanmaydi, chunki uning tushunchasiga koʻra, obyekt - Uning ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan narsadir (oziq-ovqat ochlikni qondirgani kabi). Ayrim nazariyotchilar, xususan, Otto Kernberg, obyekt munosabatlari nazariyasining turli jihatlarini klassik Freyd nazariyasi bilan birlashtirishga urinib koʻrishgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]