Oburdon ustunlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oburdon ustunlari - Zarafshon daryosining yuqori qismidagi Oburdon qishlogʻidan topilgan yogʻoch ustunlar. 1920-yil etnograf M.S.Andreyev tomo-nidan topilgan. Oburdon ustunlari somoniylar mada-niyatini aks ettiruvchi noyob yodgorlik. Zarafshon oʻymakorlik usulida ishlangan yogʻoch yodgorliklarning koʻpchiligi mahalliy usta-oʻymakorlar tomonidan yasalib, mayejid va imoratlarga ishla-tilgan. Us tunlarning naqshlari oʻsimlik va hayvonlar suratidan iborat. Oburdon ustunlari Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalklari tarixi muzeyida saqlanmokda.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil