Observatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Observatsiya (lotincha: observatio — kuzatish, nazorat) — karantinga olingan yuqumli kasalliklarga (oʻlat, vabo, chinchechak) chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli vaqtincha alohidalab qoʻyilgan kishilar ustidan tibbiy kuzatuv. Zarurat boʻlganda O. boshqa yukumli kasalliklarga ham belgilanishi mumkin.

O.ni sanitariya-epidemiologiya xizmati amalga oshiradi. O. muddati O. qilish buyurilgan kasallik yashirin davrining eng uzoq muddatiga (qarang Inku-batsion davr) bogʻliq.O. qilinadigan kishilar doim vrach nazoratida boʻladi. Har kuni ularning hol-ahvoli soʻrab chiqiladi, koʻzdan kechiriladi, gavda temperaturasi oʻlchanadi, zarur boʻlsa, tegishli tekshiruvlar oʻtkaziladi, shoshilinch maxsus profilaktika qilinadi, ehtiyotdan emlanadi va h.k. Tibbiy kuzatuvdagi kishilarga mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi beriladi. O.da transport vositalari va yuklarga ishlov berish (dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya) ham koʻzda tutiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil