Obrligʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obrligʻ (Arbilax) — Shok, davlatiga qarashli oʻrta asr shahri. Toshkent vi-loyatining Oblik, st-yasi yaqinida. Yu. F. Buryakov tomonidan tekshirilgan (1962). Maydoni 80 ga boʻlib, 8-10-asrlarda barpo etilgan. O. Iloqning boshqa shaharlariga oʻxshamaydi: ark shahristondan ajralmagan; hunarmandchilik rabodlari qishloq yerlari bilan tutashib ketgan. Shahar iqtisodiy hayotining yuksalishi 9— 10-asrlarda kon ishlari, ayniqsa, unga yaqin boʻlgan oltin va kumush konlaridan keng foydalanishga bogʻliqdir. Lekin, maʼdan qazib olish 11-asrdan tushkunlikka uchraydi. 13-asr boshlarida shahar vayronaga aylangan. 14-asr oxiri —15-asrda shaharning gʻarbiy qismida hayot jonlangan, ke-yinchalik shahar hozirgi Obliq qishlogʻi tomon kengaygan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil