Obmoʻri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obmoʻri (fors, ob — suv va moʻri — quvur) — qalʼa, istehkom, qoʻrgʻon va shaharlarni ichimlik suvi bilan taʼminlovchi yer osti suv inshooti. U ikki xil — quduqli va sopol quvurlar yotqizilgan lahim (tunnel)li boʻladi. Quduqli O. — qalʼa tubida gumbazsimon suvxona bino qilinib, tubidan quduq qaziladi. Suvxonaga zinapoyalar orqali tushiladi. Lahimli O. suv manbalari (soy yoki daryo tarmogʻi) qalʼa tomon qazilgan lahim boʻylab tosh yoki pishiq gʻishtlardan novsimon suv yoʻli — ariq ishla-nadi va unga sopol quvurlar yotqiziladi (mas, Aksikat shahrining 10—11-asrlarida barpo etilgan moʻrisining quvurlari 40 sm li boʻlgan). Quvurlardan oqib kelgan suvdan foydalanish maqsadida qalʼa ichida bir nechta suvxona va ularga tushish uchun zinali moʻrilar ishlab chiqiladi. Inshootning zinali suvxonasi "Kofir moʻri" anikrogʻi ("Kof-har moʻri") deb yuritiladi (yaʼni qasr suvxonasiga tushiladigan moʻri).

Shubhasiz koriz usulida barpo etilgan yer osti suv inshooti O. kabi oʻrta ayerning murakkab gidrotexnikasini yaratgan muhandislar qalʼa yoki shahar aholisini, xususan, uning mudofaachilarini ichimlik suvi bilan taʼminlab, qamal vaqtida ularni suv tan-qisligida qoldirmaslik chora va tadbirlarini nazarda tutganlar va ularning yechimini topa olganlar.

Adabiyot[tahrir]

  • Muhammadjanov A. R., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil