Obkand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obkand — qadimda va oʻrta asrlarda shaharni suv bilan taʼminlash maqsadida qazilgan sugʻorish tarmogʻi. U shahar suvi, shahar arigʻi maʼnolarini anglatadi. Buxoro shahrining Shahrud (Shahar rudi), Toshkentning Anhor kanali shu maqsadda qazilgan qad. shahar sugʻorish tarmoklaridir. Shuningdek, O. "Oʻpqon" soʻzining sinonimi boʻlib, sizot suvlar oqimidan yer ostida paydo boʻlgan tabiiy chuqurlik, oʻra yoki kamarni anglatgan. Bulardan tashqari, daryo yoki uning tarmoklari oqimi hosil etgan oʻzan ham "obkanda", yaʼni "suv qazi-gan", "oqim oʻygan", suv yoʻli, yaʼni oʻzan maʼnosini ham anglatgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil