Objuvoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Objuvoz (fors, ob — suv va juvoz — oʻgʻir) — sholi oqlanadigan qurilma. Suv kuchi bilan harakatlanadi. Quyidagi qismlardan iborat: oʻq, shu oʻqqa biriktiriladigan parra, lingkoʻp, keli, nov. Barcha qismlari qattiq yogʻochdan tayyorlanadi. Nov 3 ta kalin taxtadan ariqcha shaklida yasaladi. Suv shu novdan keladi. Novning oxiri parra ga (kurakchalari bor gʻildirakka) toʻgʻrilab qoʻyiladi. Oʻ q novning 3 tomoniga koʻndalang oʻrnatiladi. Oʻqning 2 uchidagi turum (yogʻoch podshipnik) turumdonga qoʻyiladi. Keli (oxurga oʻxshagan yogʻoch idish) oʻqdan 2–3 m nari oʻrnatiladi. Unga sholi solib qoʻyiladi.

Lingkoʻp (uchiga tishli choʻyan moslama oʻrnatilgan sop) — koʻtarilib-tushib sholini oklaydigan qism. O. quyidagicha ishlaydi: novdan kelgan suv parraga urilib, oʻqni aylantiradi. Oʻqning qilichaklari lingkoʻpga uriladi, shunda lingkoʻp koʻtarilib-tushib sholini oklaydi. Tuyilgan sholining qobigʻi, toʻponi shamol (yogʻoch qurilma) yordamida tozalanadi. O.ni objuvozchi boshqaradi. Hozir sholi maxsus elektr mashinalarda oklanadi. O. baʼzi joylarda (Afgʻoniston, Hindiston va boshqalar) hozir ham ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil