Obizarang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obizarang (Dashnobodsoy) — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy, Toʻpolon daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 58 km, suv toʻplash maydoni 330 km². 60 ga yaqin irmogʻi bor. Hisor tizmasining jan. tarmogʻi — Qoldirgʻa togʻlarining jan. yon bagʻirlaridagi buloqlardan boshlanadi. O. mavsumiy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. O.da 1928-yildan gidrologik kuzatishlar yoʻlga qoʻyilgan. Oʻrtacha yillik suv sarfi 3,5 m³/sek. O. oqimining 80—85% mart—iyun oylariga toʻgʻri keladi, aprel—may oylarida oʻrtacha oylik suv sarfi 25 m³/sek. gacha yetadi. O.da tez-tez sel toshqinlari ham kuzatilib, suv sarfi 100 m³/sek. ortadi. Yozning oxiri va kuzda quyi okimida oʻzani quruq boʻladi. O. suvi, asosan, sugʻorishga sarflanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil