Obidiy Ismoil Eldinovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obidiy Ismoil Eldinovich (1880, Gʻulja — 1941/42, Krasnoyar oʻlkasi) — jurnalist, jamoat arbobi, oʻzbek davriy matbuotining asoschilaridan biri. Gʻuljadagi Rossiya elchixonasi xodimi oilasida tugʻilgan. Otasi vafotidan keyin 1890 yilda onasi bilan birga Qozonga koʻchib kelgan va shu yerdagi real bilim yurtida oʻqigan. Inqilobiy kayfiyatdagi yoshlar guruhiga mansub boʻlganligi uchun 1900 yilda Bishbek shahriga surgun qilingan. Oradan bir yil oʻtgach, Peterburgga borib, haykaltaroshlik va meʼmorlik bilim yurtida oʻqigan (1901 — 1905). 1905 yil voqealarida qatnashgani uchun 3 yilga Turkiston (Toshkent)ga surgun qilingan. O. Toshkentda oʻzbek, tatar va rus maʼrifatparvarlari yordamida 1906 yil boshlarida Toshkent jadidlarining "Taraqqiy" gaz.ni chiqargan. Uning muharriri O. toshkentlik jadidlar oʻrtasida "Ismoil Taraqqiy" nomi bilan mashhur boʻlgan. O. 1912—17 yillarda turli joylarda ishlaydi. 30-yillarning oʻrtalarida A.Qodiriy bilan yaqinlashib, uning "Obid ketmon" qissasini rus tiliga tarjima qiladi.

Oʻz oldiga faqat chorizmga qarshi ku-rash vazifasini qoʻygan O. Okt. toʻntarishidan keyin bolsheviklar foydasiga xizmat qiladi. Shunga qaramay, 1938 yil 13 yanvarda eserlar partiyasining sobiq aʼzosi va yapon razvedkasining josusi sifatida qamoqqa olinadi va 1940 yil 9 fevralda Krasnoyar oʻlkasiga 5 yilga surgun qilinadi.

Naim Karimov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil