Obid Hasanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obid Hasanov (1902, Margʻilon — 1976.25.8, Toshkent) — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1973). 1919—25 yillarda Qoʻqon drama trup-pasida, 1925—27 yillar Samarqand musiqali teatrida aktyor. 1927—44 yillar Hamza teatrida, 1945—46 yillar Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida, 1946—56 yillarda Qoʻqon teatrida, 1958-yildan Hamza nomidagi akademik drama teatrida ishlagan. H. kichik, epizodik rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan, Eshon (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Amir Muzaffar (Uygʻun, I.Sulton, "Alisher Navoiy"), dehqon chol (S.Azimov, "Zamon drama-si"), jarchi (M.Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek") va boshqa rollari shular jumlasidan. Bir qancha filmlarda ham suratga tushgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil