Oberton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oberton (nem. ober — yuqori va ton) — 1) texnikada — asosiy tonga nisbatan ancha yuqori chastotali murakkab tebranishlar (mexanik, tovush va elektr tebranishlari)dan tashkil topgan ton. O.ni rezonator yordamida ajratish mumkin. Har bir davriy jarayon (tebranish)ni, yaʼni tovush, elektr teb-ranishlari va boshqalarni oddiy tebranish (O.) larga ajratish mumkin. Agar bar-cha O.larning chastotasi asosiy chastota / ga yaxlit koʻpaytmadan iborat boʻlsa (mas, 2/, 3/, ...), bunday O.lar garmoniklar deyiladi; 2) musiqada — asosiy tovush bilan birga paydo boʻladigan va unga boshqacha tus beradigan tovush. Bir ovoz yoki musika asbobini ikkinchisidan ajratishga imkon beradi. O.larning tebranishlar chastotasi asosiy tonikadan 2, 3, 4 va 5 marta yuqori boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil