Obduzd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obduzd (fors, ob — suv va duzd — oʻgʻri, talash) — oʻrta asrlarda sugʻorish tarmoqlari (shohariq, anhor, kanal)dan navbatdan tashqari suvni yashirincha bogʻlab olish. Suv manbalarining etaklarida joylashgan yerlarda sugʻorish mavsumida shohariklardagi suvni qu-yiga ochib yuborish ham O. hisoblangan. O.lik, ayniqsa, Zarafshon vodiysining quyi oqimida Qorakoʻl va Olot tumanlarida kam suvlik mavsumlarida tez-tez sodir boʻlgan. Buxoro vohasida iyul oyining oxiri va avg .ning boshida 5 kun davomida sugʻorish tarmoklariga bogʻlab olingan suv "Obi talash", yaʼni janjalli suv deb yuritilgan. Chunki bu davrda suvga boʻlgan talab nihoyatda avj olib, O.lik kuchaygan.

Adabiyot[tahrir]

  • Muhammadjonov A., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish tarixi (Qadimgi davrdan to XX asr boshlarigacha), T., 1972.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil