Obaki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obaki — oʻrtapishar mahalliy uzum navi. O.ning tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi yirik. Oʻrtacha kertikli doyra shaklida, ters tarafining tuklari siyrak. Guli qoʻsh jinsli. Uzum boshlari yirik (300— 350 g), konussimon. Shingillari tigʻiz, tuxumsimon, seret, sershira, rangi kizil yoki pushti. Iyul oxirida pisha boshlaydi. Sentabr boshlarida toʻla yetiladi. Mevasi tarkibida 20—21% qand, 6—7% kislota bor. Gektaridan 100—150 s hosil olinadi. O.ning Oq O. xili ham bor. Oqobakining uzum boshi oʻrtacha kattalikda (200—250 g), konussimon yoki silindr — konussimon, hovol. Gʻujumlari tuxumsimon, rangi och-yashil, yetil-ganda bir oz sargʻayadi. Kurtaklari boʻrta boshlagandan keyin 173 kunda (Toshkent atrofida) pishib yetiladi. Hosildorligi 150—180 s/ga. Sovuqqa ancha chidamli. Zamburugʻli kasalliklarga chidamsiz. Mevasi yeyiladi, vino tayyorlanadi. Toshkent, Sirdaryo, Namangan viloyatlarida koʻp ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil