Obʼyekt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obʼyekt (lot. objectum — narsa) — subʼyektga qarama-qarshi boʻlgan hamda insonning amaliy va bilish faoli-yati qaratilgan obʼyektiv reallik. O. inson va uning ongidan mustaqil obʼyektiv reallik boʻlib, uni bilayo-tgan individ uchun jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida hosil qilingan faoliyat, til va ilm tarzida namoyon boʻladi. O.ni 2 turga: nazariy va empirik O.ga boʻlish mumkin. Lekin ular faoliyatning har xil sohasi emas. Baʼzida nazariy bilishning predmetlari (mas, ideal gazlar va boshqalar) O. sifatida real mavjud boʻlmay, balki O.ning empirik bilimda qamrab boʻlmaydigan tomonlarini koʻrsatish usuli hisoblanadi. Mac, atomlar, elementar zarrachalar kabi nazariy O.lar ontologik jihatdan, asosan, makrojismlardan farq qilmaydi: hamma hollarda ham nazariy O. haqidagi bilimdan empirik O.larni tushuntirish uchun foydalaniladi. Har qanday holatda ham empirik bilishdan nazariy bilish sari borish muayyan O.dan uzoqlashish emas, balki O.ning empirik yoʻl bilan aniq anglash mumkin boʻlmagan haqiqiy mazmunini chuqur nazariy aks ettirish usulidir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil