Oahaqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oahaqa — Meksikaning jan. qismidagi shtat, Tinch okean sohilida. Maydoni95,4 ming km². Aholisi 3,4 mln. kishi (2000), asosan, indeyslar. Maʼmuriy markazi — Oahaqa shahri Yirik shaharlari: Istepek, Matias-Romero, Salina-Krus, Treuantepek, Xuchitan. Shtatning katta qismini Jan. SyerraMadre togʻ sistemasi (balandligi 2500–3400 m) egallagan, sharqiy qismi — pasttekislik. Iklimi tropik, markaziy r-nlarda moʻʼtadil nam, chekkalarida seryogʻin. Oʻrtacha oylik temperatura togʻlarda 24°dan pasttekisliklarda 24—28°. Togʻlar aralash oʻrmonlar, quruq soyliklar savannalar, jan. va sharqiy qismi doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan.

O. — Meksikaning iqtisodi nisbatan kam rivojlangan shtatlaridan. Aholining katta qismi qishloq xoʻjaligida band. Ananas plantatsiyalari bor. Sugʻoriladigan yerlarda tropik koʻp yillik ekinlar yetishtiriladi. Oltin, kumush, titan konlari topilgan. Oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan. Tinch okean sohilida SalinaKrus porti joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil