Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas miqdorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas miqdorlar — maʼlum mulohaza doirasida turli qiymatlarni yoki mos holda faqat 1 ta qiymatni qabul qiladigan miqdorlar. Odatda, son qiymatli, vektor va matritsa qiymatli funksiyalarga nisbatan qoʻllanadi. Matematikada dastlab faqat oʻzgarmas miqdorlar — sonlar, maʼlum figura oʻlchovlari bilan ish koʻrilgan. 17-asr da tabiatshunoslik, xususan texnikaning taraqqiyoti taqozosi bilan harakat va boshqalar jarayonlar oʻrganila boshlandi. Ikkinchi tomondan algebrada harfiy timsollar vujudga kelishi va analitik geometriyaning yaratilishi oʻzgarmas miqdorlardan oʻzgaruvchi miqdorlarni oʻrganishga oʻtish uchun qulay asos yaratildi. Differensial hisob va integral hisob yaratilgach. Oʻ. va oʻ.m. mexanik harakat va boshqalarga fizik jarayonlarning matematik ifodasi sifatida qaraldi. Keyinchalik bu tushunchalar aniq matematik taʼrif beriladigan oʻzgaruvchi, funksiya, dinamik sistema holati va trayektoriyasi kabi tushunchalar bilan almashdi. Oʻ. va oʻ. m. esa, asosan, matematik tushuncha va teoremalarni fizik izohlash vositasi boʻlib qoldi.