Oʻzbekit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekit — suvli vanadatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Si3[U04]2ZN,0. Tarkibida oz miqdorda M§, 2p, 5g, Va, T1 va N1 mavjud. Oʻ. ilk bor 1926-yil Oʻzbekistondagi Qorachagʻir togʻlarida topilgan. Keyinchalik Ogʻalik, Temirqobiq, Qizilqumda ham Oʻ. mavjudligi aniqlangan. Tabiatda qushaloq kristallar, sharsimon va yupqa agregatlar holida uchraydi. Rangi toʻq yashil, olmosdek yaltiraydi. Qattiqligi 3; zichligi 2—3 g/sm3. Oʻ. tarkibida vanadiy boʻlgan uglerodli slanetslarning oksidlanish zonasida paydo boʻladi. Folbortit, xyuetit, pintadoit va vanadiyning boshqa minerallari bilan assotsiatsiyada uchraydi. Vanadiy va misning birlamchi minerallari uchun darakchi hisoblanadi.