Oʻzbekistonning tuproq resurslari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuproq resurslari. Oʻzbekiston yer fondidan qishloq xoʻjaligida turli-tuman maqsadlarda foydalaniladi. Respublika ummumiy quruqlik maydoni (qariyb 40 mln.ga) ning 5-6 mln.ga dexqonchilikda foydalaniladi. Bu maydon sugʻoriladigan va lalmikor yerlardan iborat. Qolgan yerlar, asosan, yaylov va qisman togʻ oʻrmonzorlari bilan band.

Sugʻoriladigan yerlar 4,2 mln. gad an iborat, shunday 1,6 mln.ga choʻl zonasida, qolgan qismi boʻz tuproqli mintaqada. Avtomorf tuproqli maydonlar yirik daryolarning oʻzlashtirilgan vodiy va delʼtalari, shuningdek, togʻ etagidagi tekisliklar (mas., Mirzachoʻl) dan iborat. Sugʻorish natijasida bu yerlarda grunt suvlari koʻtarilgan.

Sugʻoriladigan tuproqlar maydoning yarmidan koʻprogʻI (2,4 mln.ga) shoʻrlangan va shoʻrlanishga moyil, shu sababdan shoʻrini muntazam yuvib turish va b. tadbirlarni koʻrish zarurati mavjud. Choʻl zonasi tekisliklaridagi (Mirzachoʻl, qisman Qarshi choʻli) boʻz tuproqlar sirasiga mansub.

Sugʻoriladigan tuproqlarning aksar qismi mexanik tarkibiga koʻra oʻrta va yengil qumoqli tuproqlardan iborat. Soz va ogʻir qumoqli mexanik tarkibli tuproqlar esa 22 % dan koʻproqni tashkil etadi.

Sugʻoriladigan tuproqlar Fargʻona vodiysi (900 ming ga), Zarafshon vodiysi (750 ming ga), Amudaryo quyi qismi (780 ming ga)da katta maydonlarni egallagan.

Lalmikor yerlar maydoni 6,6 mln ga dan ziyod. Ekin ekish uchun yetarli darajada foydalaniladi. Lalmikor yerlarning nisbatan katta maydonlari Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida joylashgan. Och boʻz tuproqli lalmikor yerlarning bir qismi sugʻorib ekiladi.

Choʻl yaylovlari Oʻzbekistonda eng katta maydon-26,5 mln.ga ni tashkil qiladi, shundan 11 mln.ga boʻz-qoʻngʻir tuproqli, qariyb 13 mln.ga qumli yerlar va qumli tuproqlar. Qolgan qismi oʻtloqi-taqir, taqir tuproqlar va taqirli hamda shoʻrxoklardan iborat. Choʻl-yaylov joylardagi sugʻorishga yaroqli yalpi maydon qariyb 12 mln.ga.

Amudaryo delʼtasining qurib borayotgan qismidagi oʻtloqi va oʻtloqi-taqir tuproqlar 600 ming ga dan ziyod maydonni tashkil qiladi. Taqir tuproqlar va taqirlar-2,3 mln.ga. Togʻ jigarrang va oʻrmon qoʻngʻir tuproqlar (1160 ming ga) oʻrtacha balandlikdagi togʻlarning past-baland togʻli relʼefli qismiga toʻgʻri keladi. Bu joylarda respublikada togʻ yon bagʻrilaridagi sel va tuproqlarni eroziyadan asrovchi yagona oʻrmon zonasidan yuqorida och-qoʻngʻir oʻtloqi-dasht baland togʻ tuproq xillari tarqalgan. U joylar yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Oʻn ikkinchi jild. Toshkent, 2000-yil